Radio Mash'al

Radio Mash'al "Mash'al" - former radio channel

Ушбу суратда пастки қаторда, ўртада ўтирган инсон узоқ йиллар Машъал радиосини бошқарган Шавкат Амиров. Яқинда бандаликн...
11/08/2020

Ушбу суратда пастки қаторда, ўртада ўтирган инсон узоқ йиллар Машъал радиосини бошқарган Шавкат Амиров. Яқинда бандаликни бажо келтирди. Аллоҳ раҳматига олсин.

03/03/2016
Bahor TilaklariNechun koʻklam madhi tushmas gʻazaldan,Shoirlar bahorni kuylar azaldan?Oshiqlar zangori kenglikka boqib,Q...
03/03/2016

Bahor Tilaklari

Nechun koʻklam madhi tushmas gʻazaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?

Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
Qoʻshiqlar aytadi bagʻrini yoqib.

Tabarruk chollarning chakkasida gul,
Momolar oʻyida bahordir nuqul.

Bir lahza yasharar qarri qoʻrgʻonlar,
Ajib dilbar boʻlib qolar insonlar.

Ha, bahor misrasi menda ham talay,
Bu holning boisi bordir harqalay.

Azizim, gʻunchaga nazar sol bir on,
Bagʻrida hozircha turfa hol pinhon.

Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.

Tong chogʻi shabboda koʻtaradi bosh,
Oh, nechogʻ latifu nechogʻlik yovvosh.

Asli qahratonning nabirasi u,
Nash’u namolari hozircha ezgu.

Inson fe’li qiziq, yashagay hurkib,
Shervachchani silab, sherdan-chi, qoʻrqib.

Bahor norasida goʻdakday shirin,
Qoʻynida ezgulik armon yashirin.

Nashtar boʻlmasidan gʻunchaning xori
Shirin tuyuladi uning diydori.

Boʻronga aylanmay shabboda - goʻdak
Ozurda dillarni yayratar beshak.

Odam bolasiga doim umid yor,
Shul sabab bahorga tilagi bisyor:

Olamga qabohat zahrin sochmasa,
Mas’um yuraklarda yara ochmasa.

Qoplamasa basdur yeru samoni
Mudhish qirgʻinlarning qora toʻzoni.

Abdulla Oripov. O'zbekiston xalq shoiri

Yangi yil bilan odatda, 31-dekabr kechki payt yoki 1-yanvarda tabriklashadi. Ovozi o'chgan radiokanal bo'lganim bois bug...
02/01/2016

Yangi yil bilan odatda, 31-dekabr kechki payt yoki 1-yanvarda tabriklashadi. Ovozi o'chgan radiokanal bo'lganim bois bugun tabriklasam ham menga ayb emas. Barchagizni 2016 yil bilan samimiy qutlayman. Bu Mash'al radiosi efirga chiqmagan ilk yil bo'ladi. Lekin, menda ishlagan insonlarning ovozi har doim muxlislarga meni eslataversin. Ularga Alloh xayr-baraka, ijodiy parvozlar bersin. Yangiz yilingiz bilan!

Tarixga nazar...
16/09/2015

Tarixga nazar...

12/07/2015

Mash'al radiosi radiosi rahmatli bo'lganiga yetti oy bo'ldi. Bu orada uning to'lqinlarida yangi, mutlaqo boshqacha ko'rinishda Mahalla radiosi ish boshlab, o'z muxlislariga ega bo'lmoqda. Biroq, Facebookdagi Radio Mash'al hali ham tirik. Hamon likelar to'playapti. Ancha vaqtdan beri yangi postlar qo'ymayotgandik. Bugun yozishga qaror qildik. Sobiq Mash'alchilarnin barchasini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz.

24/01/2015

"Машъал" (марҳум) радиосини соғинганлар диққатига! Бу борада сизга ҳеч қандай ёрдам бера олмаймиз. Футбол учрашувларидан трансляцияларни эса ФМ 83,8 да тинглашингиз мумкин. "Спорт" телеканали шу тўлқинда радиода ҳам эфирга узатилади!

11/01/2015

"Машъал" радиоси 2015 йилнинг 7 январь куни соат 13.00 да ўз фаолиятини тўхтатганини расман эълон қилди. Радиоканал бошловчиси бу ҳақдаги хабарни ўқиб эшиттирди. Шу билан 1978 йил 1 январдан бери эфирга бетўхтов узатиб келинаётган "Машъал" ўз фаолиятини тугатди. Унинг эфир частотасида 2015 йил 7 январдан янги "Маҳалла" радиоси эфирга узатила бошланди. Бу мутлақо янги радиоканал. "Машъал" расман тугатилганидан сўнг унинг эфир частотасида очилган радио. Шу сабабли бу иккисини бир биридан ажратишингизни сўраймиз.

10/01/2015

Mash'al radiosi endi faqat FACEBOOK sahifasida qoldi, xolos.

06/01/2015

So'nggi efir kunida Mash'alni tinglang!!!

02/01/2015

Mash'al radiosi efirga uzatila boshlaganiga 1 yanvar kuni 37 yil to'ldi. Bu davr mobaynida radioning ohangi butun dunyoni tutdi. Ne-ne insonlarning jarangli ovozi tinglovchilarni xushnud etdi.

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Radio Mash'al posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share