13/07/2023
✔️ Muammongizga yechim toping, taklif bering, faol bo‘ling!
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mamlakatimizda ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, ularni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, sohaga raqamli texnologiyalarni jalb etgan holda yuqori samaradorlikka erishish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, 24/7 ish rejimidagi dispetcherlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holda aholi murojaatlarini kun-u tun qabul qilinishini ta’minlash maqsadida Buxoro hamda Jizzax viloyatlarining kommunal sohaga mas’ul vakillari, barcha boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan onlayn muloqot qildi. Unda tizimda mavjud muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi, takliflar bildirildi.
Ta'kidlash lozimki, mana shunday ochiq muloqotlar barcha hududlar bilan tashkil qilinadi. Mazkur jarayonda barcha boshqaruv kompaniyalari rahbarlarini faol bo‘lishga chaqiramiz!