Akademnashr нашриёти

Akademnashr нашриёти Барча турдаги нашриёт ва матбаа хизматлари / Весь спек?

18/09/2025
🫧 Men kashf qilgan 4 ijodkor:• Najmiddin Ermatov• Suhrob Ziyo• Shahriyor Shavkat• Mansur JumayevToʻplamdan birinchi boʻl...
15/09/2025

🫧 Men kashf qilgan 4 ijodkor:

• Najmiddin Ermatov
• Suhrob Ziyo
• Shahriyor Shavkat
• Mansur Jumayev

Toʻplamdan birinchi boʻlib, Mansur Jumayev bilan tanishdim. Vafotlaridan keyin oʻqiganman. Shaxsiyati qiziq boʻlgan. Kitobni olganman-u, bir nafasda oʻqib tugatgandim. Men shu darajada ta'sirlangandimki, she'rlar ham ijodkor ham psixikamga qattiq ta'sir qilgan. Natijada, ijodkor bilan oʻrtamizga katta devor qoʻydim. Qayerda she'rini koʻrsam, oʻtkazib yubordim. Hozir ham imkon qadar oʻqimayman. Lekin boshqalarning oʻqishini xohlayman.

Oradagi katta tanaffusdan keyin toʻplamdan boshqa ijodkorni kashf qildim: Suhrob Ziyo. She'rlarini oʻqib boʻlgach, atrofdagilarga tavsiya qilib chiqqandim. Uslub, soʻzlar tanlanishi, ifoda va kechinmaning yetkazish usuli hammasi menga yoqqandi. Kanalda ovozli chat qilib ham oʻqib bergandim esingizda boʻlsa 😉 Kitobda barcha she'rlar tartib bilan jamlangan. Dastlabki she'r muallifning "Shaxsiy varaqasi" bilan boshlanadi. Bu esa oʻziga xos tanishtiruv. Soʻnggisi esa "Renessans" she'ri bilan yakunlanadi. Bu esa qaysidir ma'noda she'rlar ruhiyatini umidvor orzular bilan yakunlash demakdir. Badiiy ijodda insonga umid bagʻishlovchi bir ruhiyat boʻlishi zarur deb bilaman. Toʻplamning oʻziga ham alohida toʻxtalib yozarman, nasib.

Nasrdan yoki ilmiy maqolalardan charchab ketgan paytim she'r oʻqishni odat qilgandim. Shu toʻrttala kitob ham shunday paytlarda oʻqilgan. Ovozimni chiqarib, she'r ruhiga kirib maza qilib oʻqirdim. Bu menga terapiyadek ta'sir qilardi.

Keyingi oyda esa "Turon sogʻinchi" bilan tanishdim. Negadir Najmiddin Ermatov she'rlarini oʻqiganimda, uning ovozi bilan oʻqigandek boʻlaman. She'r oʻqishi menga yoqadi. She'riyat kechasida qatnashib, yayragandim. Oʻziga xos ijodkor. Koʻk boʻri men uchun Najmiddin Ermatovning dastxatiga oʻxshaydi. Miyamda shunday assotsatsiya sodir boʻladi. Biroq Najmiddin Ermatov lirikasi alohida mavzu. Men N. Ermatovni qayta kashf etdim desam boʻladi. Uning Turon, erk, ozodlik haqidagi she'rlaridan boshqa yana oʻziga xos lirikasi mavjudligi meni oʻziga rom qildi.

Yana bir oydan soʻng "Ham.." bilan tanishdim. Shahriyot Shavkatning bagʻishlovlari alohida mavzu. Avvalroq muallifning "Yigʻlama" she'ri orqali tanigandim. Quloqqa yoqimli she'r. Muallif she'rlarida oʻziga yarasha "yuk" bor. Soʻzlarni istifoda etishi esa sizni lugʻat titkilashga majbur qiladi. Shahriyor Shavkat she'rlarida katta shoirlarnikidek ruh bor. Oʻqishingiz kerak.

Yuragimni esh*tgani kel,
Sogʻindi u sanashlaringni.

(c) Shahriyor Shavkat

Toʻrt ijodkor bilan hali tanishishga ulgurmagan boʻlsangiz, albatta, tanishib chiqing. Men kabi she'rlarni yutoqib-yutoqib oʻqiysiz, ularning ruhiyatini his etasiz.


AL-O‘ZBAKIYALIK SARKARDA. Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani haqidaNecha asrlik ayovsiz istibdo...
06/09/2025

AL-O‘ZBAKIYALIK SARKARDA. Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani haqida

Necha asrlik ayovsiz istibdodga – mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi kurash Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emasdi. Tarixning ajabtovur evrilishini qarangki, vaqti kelib mamlukiy Misr taxtini egallagan uning qondosh-jigarbandi Malik Muzaffar – Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz shavkatli sarkarda halokatidan 29-yil o‘tib, 1260-yilda Ayn Jolut yonidagi muhorabada mo‘g‘uliy lashkarni tamom yer tishlatdi. Misr taxtiga o‘tirganiga to‘liq bir yil to‘lmasdan butun arab o‘lkasini qattol istilodan saqlab qolgan Sayfiddin Qutuzning bu yurtlarda afsonaviy xaloskor o‘laroq hamon madh etilishi sababi shunda.

Ayni jasoratning yana bir muhim tarafi – Qutuz ona yurtidan olisda bo‘lsa-da, Movarounnahr uchun, tog‘asi Sulton Jaloliddin uchun intiqom oldi. Jasoratli o‘g‘lonlari shavkatu haybatida tengi yo‘q Turkistonning uch ming yillik tarixi sizu bizga ana shunday adoqsiz va ibratli hikoyatlar so‘zlaydi. Ikki daryo oralig‘idagi bul aziz yurtda bugun turmush kechirayotgan xalqning matonatlarga to‘lug‘ dolg‘ali o‘tmishi va ushbu kechmish ning o‘chmas sahifalari qalbimizni nurga chulg‘ab, bobolarning yorqin xotirasi yo‘llarimizni nurafshon etadi. 2022-yil “Akademnashr” nashriyotida tarixiy asarlari bilan tanilgan iste’dodli adiba Shahodat Ulug‘ning “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani chop etildi. Shundan so‘ng bu kitob uch bora qayta nashr bo‘ldi. Buning sababi ne?

Keng o‘quvchilar ommasini o‘ziga jalb qilib, kitob do‘konlarida siyohi qurimasdan tugab qolayotgan asar qatida qanday ma’nolar mujassam?

Avvalo shuni aytish kerakki, bu asar muallifning avvalgi – “Sen yig‘lama faqat” va “Jayhun epkinlari” romanlarining uzviy davomi, trilogiyaning uchinchi kitobi hisoblanadi. O‘sha ikkinchi kitob yakunida yozib qo‘yilganidek, mo‘g‘ullar tomonidan asir olinib, so‘ngra benom-benishon ketgan Jaloliddin Manguberdining jiyani, singlisi Xon Sultonning farzandi – Mahmud Qutuzning daragi oradan yillar o‘tib, mamluklar sultonligi – Qohiradan chiqadi. Hali norasida paytida qul qilib sotilgan Mahmud Misrning ilk mamluk sultoni amir Muiziddin Oybek rahnamoligida mansab pillapoyalaridan ko‘tarilib, Misr noibi darajasiga yetishgan edi. Oybek o‘limidan so‘ng qo‘shinlar otabegi darajasida sultonlik tizginini o‘z qo‘liga oladi, 1259-yilda esa Misr taxtini to‘la-to‘kis egallaydi.

Bu vaqtda mo‘g‘ullar Shomni (Suriya) egallab, Misrga tahdid qilmoqda edi. Ushbu tahlikali vaziyatda o‘zaro raqobatda bo‘lgan kuchlarni birlashtira olgan Qutuz qo‘shinlari 1260-yil kuzida Ayn Jolut yonida mo‘g‘ullar bilan to‘qnash keladi. Ayovsiz jang da sulton qo‘shinlari dushmanga qaqshatqich zarba beradi. Bu g‘alaba dahshatli istiloga to‘g‘anoq bo‘lgan, mo‘g‘ullarning Islom yurtlariga yurishini to‘xtatib qolgan ulug‘ hodisa edi. Uning jasorati faqat bu g‘alabadan iborat emas. 1249-1250-yillarda Misr hududiga bostirib kirgan Ovro‘palik salibchilarni yenggan ham aynan Sulton Qutuz bo‘ladi.

“Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romani ham avvalgi ikki kitob kabi aniq tarixiy faktlar va manbalarga asoslangan. Bu haqda muallif shunday deydi:

“Bundan o‘n yillar avval ozarbayjonlik yirik tarixchi Ziyo Buniyotov asarlari, xususan, “Xorazmshoh Anushteginiylar davlati” kitobi, o‘sha davrlar tarixidan hikoya qiluvchi Abul Fido va Al-Maqriziy asarlari bilan bafurja tanishib chiqqanman. Sulton Qutuz arab diyorlarida, ayniqsa, Misrda tengsiz qahramon sifatida ko‘riladi. U haqida ko‘plab filmlar suratga olinib, badiiy asarlar yozilgan. Hattoki uning sharafli hayotiga doir multfilmlar ham yaratilgan. Umuman olganda, Misrda sulton Qutuz yoki boshqa turkiy sarkardalar sharafiga nomlangan ko‘plab joylar borligini ko‘rish mumkin. Masalan, ulkan Qohira shahrining eng markaziy tumani Al-O‘zbakiya deb nomlanadi. Xuddi shu nomda yana ulkan bog‘ va Misrdagi dastlabki opera teatri ham bor.

Bu misollarning barchasi avvalgi ajdodlarimiz bu davlat tarixida qanchalar muhim o‘rin tutganini aniq ko‘rsatib turibdi. Badiiy to‘qima o‘zi nima? Badiiy to‘qima aslida asar muallifi biror-bir tarixiy voqeani tasavvur qilish jarayonida shu voqealarni o‘zining badiiy tafakkuridan o‘tkazib yaratgan mahsuli hisoblanadi. Bu fantaziya emas. Olis zamonlarda kechib o‘tgan voqealarni badiiy asar shaklida bitish badiiy to‘qimasiz aslo mumkin bo‘lmagan narsa. Bu asarda ham albatta shunday o‘rinlar, badiiy to‘qima mahsullari bor. Masalan, sulton Qutuzning bir qizga oshiqlik voqeasi shu jumladan. Ya’ni, badiiy to‘qima asarning ohanrabosini oshirishga xizmat qiladigan vosita deb o‘ylayman”.

Shahodat Ulug‘ asar yozish jarayonida bobolarimiz kechmishlari – o‘tmish yillar uzra parvoz qildi. Xo‘sh, bu vaqtlararo sayohat taassuroti qanday bo‘ldi? Yana muallifga quloq tutamiz: “Parvoz etarak Parvon muhorabasiga shohid bo‘ldim, xiyonatkor To‘xtamish ortidan Rusiya qadar ot choptirib o‘tdim, boshqa bir ko‘chmanchi xoqon zug‘umiga dosh bermay, taqdiri ilohiy ortidan Afg‘on sori, undan ham kechib Hind tarafga yo‘l soldim, Panipatda hindiylarning qahrli fillari bilan basma-bas olishdim, nihoyasida asrlar qadar sarbaland bo‘lgan, bag‘ri kenglikda tengi yo‘q saltanatda asl yurtim hajrida o‘rtanib umrguzaronlik qildim. Akbar bo‘lib saltanatni mustahkamladim, Shoh Jahon bo‘lib Toj Mahalni muqarrar etdim”.

Siz-da o‘sha ulug‘ o‘tmishning merosxo‘ri ekanligingizni ang larmisiz?.. Javob berishga shoshilmang. Undan oldin “Xalos kor sulton Sayfiddin Qutuz” romanini mutolaa qiling. Hali bafurja fikr almashamiz. Biz munosabatingizni kutamiz.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasi, 2025-yil 5-sentyabr soni

Kutubxonangizda qandaydir bo‘shliqni sezyapsizmi? “akadem•nasr” to‘plami siz uchun ayni muddao...
27/08/2025

Kutubxonangizda qandaydir bo‘shliqni sezyapsizmi?

“akadem•nasr” to‘plami siz uchun ayni muddao...

27/08/2025

Eng, eng, eng

Shoirlar Suhrob Ziyo talqinida...

Address

Чиланзар, Сўгалли ота, дом 5
Tashkent
100156

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998983135622

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Akademnashr нашриёти posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Akademnashr нашриёти:

Share

Category