Jajji akademik

Jajji akademik Bolalar uchun ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy, ma’rifiy kitoblar

🇯🇵 Yaponiya 🇯🇵Tokio Texnologiya Instituti. Yaponiya poytaxti Tokio shahridajoylashgan. Osiyoning eng nufuzliuniversitetl...
28/12/2020

🇯🇵 Yaponiya 🇯🇵

Tokio Texnologiya Instituti.
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida
joylashgan. Osiyoning eng nufuzli
universitetlaridan biri.
Yaponiya texnologik jihatdan
eng ilg‘or davlatlardan biri hisoblanadi.
Tokio Texnologiya Instituti esa
kuchli muhandislar, dasturchilar, fizik, biolog va matematiklarni yetishtirib chiqaruvchi asosiy markaz hisoblanadi.
Yaponiyaning Sony, Canon, Fujitsu,
Panasonic kabi o‘nlab yirik texnologik
kompaniyalari universitetdagi
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirib boradi.
Ilg‘or bitiruvchilar esa mana shunday
kompaniyalarda faoliyatini davom ettiradi.

🇨🇳 Xitoy 🇨🇳Singxua universiteti. Pekinda joylashgan bo‘lib, Xitoydagi eng yirik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi ma...
22/12/2020

🇨🇳 Xitoy 🇨🇳

Singxua universiteti.
Pekinda joylashgan bo‘lib,
Xitoydagi eng yirik ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshiruvchi
markazlardan biri sifatida
shuhrat qozongan. Universitet
matematika, fizika, kimyo,
informatika, huquqshunoslik va
iqtisodiyot sohalarida kuchli
mutaxassislar yetishtirib chiqaradi.

🇦🇺 Avstraliya 🇦🇺Melburn universiteti. Avstraliyaning Viktoriya shtatidajoylashgan yirik universitet. Bu universitet duny...
22/12/2020

🇦🇺 Avstraliya 🇦🇺

Melburn universiteti.
Avstraliyaning Viktoriya shtatida
joylashgan yirik universitet.
Bu universitet dunyoga
mashhur aktyor va aktrisalar, rejissyorlar
va san’atshunoslarni yetishtirib
chiqargan. Lekin bu universitetning
san’atga ixtisoslashganini
anglatmaydi. Dunyodagi eng
nufuzli 50 ta universitetdan biri hisoblangan
Melburn universitetida
tibbiyot, biotexnologiya, muhandislik
sohalari chuqur o‘rgatiladi.
Universitetning ilmiy-tadqiqot
markazlarida og‘ir xastaliklarni davolash
bo‘yicha olamshumul kashfiyotlar
amalga oshirgan.

🇨🇭 Shveytsariya 🇨🇭Syurix texnologiyalar federal instituti. Shveytsariyaning Syurix shahrida joylashgan tarixiy universit...
20/12/2020

🇨🇭 Shveytsariya 🇨🇭

Syurix texnologiyalar federal instituti.
Shveytsariyaning Syurix shahrida
joylashgan tarixiy universitet.
Bu universitetda fizika, astronomiya, muhandislik
va iqtisod sohalarida inqilobiy kashfiyotlar
qilingan. Universitet bitiruvchilari orasida ko‘plab
Nobel mukofoti sohiblari bor.
Ulardan eng mashhurlari
Albert Eynshteyn va Otto Shtern hisoblanadi.
O‘z vaqtida bu universitetda Konrad Rentgen
va Albert Eynshteyn dars berishgan.

🇸🇬 Singapur 🇸🇬Nanyang Texnologiya Universiteti. Singapur davlatining eng yirik universiteti.Asosan, aniq fanlar va muhan...
19/12/2020

🇸🇬 Singapur 🇸🇬

Nanyang Texnologiya Universiteti.
Singapur davlatining eng yirik universiteti.
Asosan, aniq fanlar va muhandislik
sohalariga ixtisoslashgan.
Nanyang Texnologiya Universiteti
dunyodagi eng chiroyli oliygohlardan
biri hisoblanadi. Universitet
200 gektar maydonni egallagan
ulkan bog‘ hududida joylashgan
bo‘lib, noyob arxitekturasi bilan
ajralib turadi. Bu oliygohda
“Velox-1” nomli Singapurning birinchi
nanosun’iy yo‘ldoshi yaratilgan.
Qizig‘i, bu loyihada talabalar ham
ishtirok etgan. Sun’iy yo‘ldosh
2014-yilda orbitaga uchirilgan.

🇬🇧 Buyuk Britaniya 🇬🇧Kembrij universiteti.Angliyaning Kembrijshirgrafligida joylashgan bu universitetga1209-yilda asos s...
18/12/2020

🇬🇧 Buyuk Britaniya 🇬🇧

Kembrij universiteti.
Angliyaning Kembrijshir
grafligida joylashgan bu universitetga
1209-yilda asos solingan.
Dunyodagi eng qadimiy va eng nufuzli
universitetlardan biri hisoblanadi.
Kembrij dunyo bo‘yicha eng ko‘p
Nobel mukofoti sovrindorlarini
yetishtirib bergan universitet hisoblanadi.
Shu kunga qadar Kembrij bitiruvchilarining
88 tasi Nobel sohibiga aylangan. Unutmang,
Isaak Nyuton va Frensis Bekon kabi buyuk olimlar
ham shu oliygohning bitiruvchilaridir.

🇩🇪 Germaniya 🇩🇪Lyudvig MaksimiliannomidagiMyunxen universiteti.Germaniyaningeng nufuzli universiteti.1472-yilda tashkile...
15/12/2020

🇩🇪 Germaniya 🇩🇪

Lyudvig Maksimilian
nomidagi
Myunxen universiteti.
Germaniyaning
eng nufuzli universiteti.
1472-yilda tashkil
etilgan bo‘lib, Myunxen
shahrida joylashgan. Universitetda
aniq va tabiiy fanlar hamda ijtimoiy-
gumanitar fanlar bo‘yicha tahsil
olish mumkin. Myunxen universiteti
tibbiyot sohasida dunyodagi eng
yetakchi oliygohlardan biri hisoblanadi.
Universitet hududida yirik
ilmiy-tekshirish
markazlari joylashgan
bo‘lib, ularda tibbiyot, fizika,
biologiya va kimyo sohalari bo‘yicha
olamshumul loyihalar amalga
oshirilmoqda. Universitet talabalari
o‘qish bilan birga ana shunday tadqiqotlarda
bevosita ishtirok etishi mumkin.

https://t.me/jajjiakademik

🇺🇸 AQSH 🇺🇸Massachusets texnologiya instituti.AQSHning Massachusets shtatiKembrij shahrida joylashgan. Universitetilmiy v...
14/12/2020

🇺🇸 AQSH 🇺🇸

Massachusets texnologiya instituti.
AQSHning Massachusets shtati
Kembrij shahrida joylashgan. Universitet
ilmiy va texnologik izlanishlarga
ixtisoslashgan. Massachusets texnologiya
institutining muhandislik fakulteti
muntazam ravishda dunyoda
birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Shuningdek, universitetning kompyuter
texnologiyalari, iqtisodiyot,
biznes, matematika, tabiiy fanlar,
tilshunoslik va boshqa bo‘limlaridagi
ta’lim natijalari yuqori ko‘rsatkichga
ega. Institut bitiruvchilari orasida fizika,
kimyo, iqtisodiyot, tibbiyot bo‘yicha
Nobel mukofoti egalari yetishib

13/12/2020

✅ 6 k***a jami 90 ta to‘plam sotilib ketdi, Alhamdulillah.

✅ Jajji akademikni qo‘lga kiritgan bolajonlarni tabriklaymiz, chunki siz ilm xazinasiga ega bo‘ldingiz.

✅ Hafta davomida bizni qo‘llab-quvvatlaganlardan Alloh taolo rozi bo’lsin!

09/12/2020

"Tarixiy sovg‘a" to‘plamidan bor yo‘g‘i 50 dona qoldi. Shoshiling, keyin topolmaysiz!

📱Murojaat uchun: 90 978 75 75

Address

Sugalliota Street, 5
Tashkent
100156

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998909008883

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jajji akademik posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Jajji akademik:

Share

Category