04/06/2026
💻 IT-operatorning bir ish kuni qanday o‘tadi?
🕗 Ish kuni tibbiyot muassasasidagi axborot tizimlari faoliyatini nazorat qilishdan boshlanadi. DMED platformasi, elektron poliklinika, elektron retsept va laboratoriya tizimlarining uzluksiz ishlashi tekshiriladi.
📋 Kun davomida IT-operator:
✅bemorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazadi;
✅tibbiyot xodimlariga tizimlardan foydalanishda ko‘maklashadi;
✅elektron retseptlar bilan ishlaydi;
✅laboratoriya va statistik ma’lumotlarni tizimga kiritadi;
✅yuzaga kelgan texnik muammolarni bartaraf etishda ishtirok etadi.
💡Bugungi k***a IT-operator — bu nafaqat ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassis, balki tibbiyot muassasasida raqamli jarayonlarning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi muhim bo‘g‘indir.
📍Raqamli tibbiyot ortida ham inson mehnati va mas’uliyati turadi.