NKMK jamg‘armasi

NKMK jamg‘armasi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" Davlat muassasasi
Telegram: https://t.me/nkmk_jamgarmasi

   Mazkur tanlovning bosh maqsadi ovqatlanish kombinatlari tarkibida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning kasbiy mahorati...
01/11/2025




Mazkur tanlovning bosh maqsadi ovqatlanish kombinatlari tarkibida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda milliy taom tayyorlash san’atini targ‘ib etishdan iboratdir.

Tanlovda “Navoiy”, “Zarafshon”, “Uchquduq”, “Nurobod” va “Zafarobod” hududiy boshqarmalarining ovqatlanish kombinatlaridan uch nafardan tajribali oshpazlar qatnashdi.

🔸 Tanlov yakunida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:

🏆 “Eng mahoratli oshpazlar guruhi” — "Zafarobod" hududiy boshqarmasi.
🍽 “Eng chiroyli dasturxon” — Zarafshon oshpazlari.
🍛 “Eng yaxshi milliy taom” — "Uchquduq" ovqatlanish kombinati.
🍝 “Eng zo‘r Yevropa taomi” — Navoiy oshpazlari.
🎨 “Eng chiroyli taom taqdimoti” — nurobodlik oshpazlar deb topildi.

Tanlovni "NKMK jamg'armasi" DM direktori D.Ochilov kuzatib bordi.

   Oshpazlar o‘rtasida mahorat tanlovi – tajriba va mahorat sinoviQadim zamonlardan buyon taom tayyorlash san’atini muka...
01/11/2025




Oshpazlar o‘rtasida mahorat tanlovi – tajriba va mahorat sinovi

Qadim zamonlardan buyon taom tayyorlash san’atini mukammal egallagan, o‘z qo‘li mohirligi va didi bilan boshqalardan ajralib turgan insonlar har doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Bugungi k***a esa oshpazlik nafaqat kasb, balki ijod, mahorat va estetik zavq uyg‘otuvchi san’at darajasiga ko‘tarilgan.

🔹 Shu an’anani davom ettirish, “NKMK jamg‘armasi” tizimidagi oshpazlarning kasbiy salohiyatini oshirish, tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi hamda 7-sonli birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan oshpazlar o‘rtasida professional mahorat tanlovi tashkil etildi.

Tanlov Jamg'armaning Paxtachi tumanidagi “Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yuqori saviyada o‘tkazildi.

01/11/2025





📺 O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi bosh texnologi Tolibjon Umaraliyev hamda “NKMK jamg‘armasi"ning Uchquduq tumanidagi “Shimol” ovqatlantirish kombinati oshpazi Nazokat Alimova Navoiy televideniyesining “Assalom, yangi kun” ko‘rsatuvining jonli efirida mehmon bo‘ldilar.

Efir davomida ular “NKMK jamg‘armasi” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda jamg‘arma tarkibidagi ovqatlanish korxonalari oshpazlari uchun tashkil etilgan maxsus malaka oshirish kurslari haqida so‘z yuritdilar.

01/11/2025

Oshpazlik - bu nafaqat kasb, bu san'at!

"NKMK jamg'armasi" oshpazlari o‘rtasidagi professional mahorat tanlovi bo'lib o'tmoqda.

01/11/2025

DAM OLISH KUNLARINGIZ MAROQLI O‘TSIN!

— Tabiat — bu inson tanasining ham, ruhining ham shifokoridir.

✍️ Abu Ali ibn Sino.
_________________



🌿 Samarqand viloyati, Urgut tumani — “𝐊𝐄𝐋𝐀𝐉𝐀𝐊” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi! 🌿

☀️ Endi siz yoz mavsumidan tashqari paytlarda ham ushbu maskanda hordiq chiqarish, tabiat qo‘ynida dam olish va toza, musaffo havodan bahramand bo‘lish imkoniyatiga egasiz!

🏞 "NKMK jamg'armasi"ning “𝐊𝐄𝐋𝐀𝐉𝐀𝐊” oromgohi — bu oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda tinchlik va osoyishtalik bag‘rida unutilmas dam olish uchun eng qulay joy.

➡️ Siz bu yerda kunlik to‘lov asosida hordiq chiqarishingiz mumkin.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot va bron uchun:
📲 +998 93 521 51 71

🛑 Biz sizni kutamiz!
Tabiat qo‘ynida dam oling — yangi kuch va ilhom bilan qayting!

  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" tasarrufidagi Bosmaxonaning 60 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaz...
31/10/2025




“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" tasarrufidagi Bosmaxonaning 60 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalar yuksak ruhda o‘tdi. Tadbir davomida korxona jamoasining mehnati e’tirof etildi, fidoyi xodimlar taqdirlandi, soha faxriylari esa iliq so‘zlar bilan yodga olindi.

🔸 Bosmaxona jamoasi bundan buyon ham o‘z ishida yuqori natijalarga erishib, poligrafiya sohasining rivojiga, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi"ning nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tantanalar yakunida Bosmaxona jamoasiga mustahkam sog‘lik, ijodiy ilhom, barqaror muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilandi.

Bosmaxona faoliyatining 60 yilligi tantanali nishonlandi“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” tasarrufidagi Bo...
31/10/2025

Bosmaxona faoliyatining 60 yilligi tantanali nishonlandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” tasarrufidagi Bosmaxona tashkil etilganining 60 yilligi munosabati bilan “Farhod” madaniyat saroyida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Bosmaxonaning faxriy xodimlari, jamoa a’zolari, soha vakillari hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir bayramona ruhda, yillar davomida korxonaning shakllanishi va taraqqiyot yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlarga ehtirom ifodasida o‘tkazildi.

Bayramni “NKMK jamg‘armasi” DM direktori Dilshod Ochilov ochib berdi. U o‘z tabrigida Bosmaxonaning 60 yillik faoliyati davomida bosib o‘tilgan yo‘l, erishilgan yutuqlar va jamoa fidoyiligi haqida to‘xtalib, barcha xodimlarni muborakbod etdi.

— “Bosmaxona — bu nafaqat ishlab chiqarish maskani, balki mehnat faxriylari va yosh mutaxassislarning tajriba, mehr va sadoqat uyg‘unlashgan jamoasidir. Sizlarning halol mehnatingiz kombinatsiya obro‘si va nufuzining tarkibiy qismiga aylangan,” — dedi Dilshod Ochilov o‘z nutqida.

Tadbir davomida o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyati va soha rivojiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turgan xodimlar taqdirlandi.

Poligrafiya jihozlarini sozlash va ta’mirlash xizmati muhandis-elektronigi Xalilov Nurali Nasimovich 3-darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Poligrafiya mahsulotlarini tashkillashtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha xizmati tekis bosma bosmalovchisi Nazarov Ilhom Irkinovich esa “NKMK faxriysi” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, bir guruh fidoyi xodimlarga “NKMK jamg‘armasi”ning faxriy yorliqlari ham topshirildi.

Tadbir davomida Bosmaxona jamoasining faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlarida erishilgan natijalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdagi yutuqlar aks etgan albom ishtirokchilarga taqdim etildi. So‘ngra "Farhod" madaniyat saroyi ijodkorlarining badiiy dasturi bilan yakun topgan bayram kechasi barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

"NKMK jamg‘armasi" DM Axborot xizmati.

 “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasida faxriy xodimlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi🔹 “NKMK jamg‘armasi"...
31/10/2025



“So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasida faxriy xodimlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

🔹 “NKMK jamg‘armasi" tasarrufidagi “So‘g‘diyona” JTSM nafaqat sportchilar va yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki majmua inshootlarini obod, toza hamda muhandislik jihatdan shay holatda saqlab kelayotgan fidoyi jamoasi bilan faxrlanadi.

Bugun ushbu jamoaning uzoq yillar davomida fidoyilik bilan mehnat qilib kelgan to‘qqiz nafar tajribali xodimlari pensiya yoshiga yetgani munosabati bilan tantanali kuzatuv marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida faxriy xodimlarning yillar davomida olib borgan samarali mehnati, jamoa rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, ularga “NKMK jamg‘armasi” faxriy yorliqlari topshirildi.

Majmua rahbariyati nafaqaga chiqayotgan xodimlarga samimiy minnatdorlik bildirib, ularga sog‘lik, farovon hayot va bardavom umr tiladi. Tadbir do‘stona va iliq ruhda o‘tdi.

  1973-yilda bosmaxonani hozirgijoyi bo‘lgan Janubiy ko‘chadagi binogako‘chirishdi va yangi obyekt bosmaxonatipiga mosla...
31/10/2025




1973-yilda bosmaxonani hozirgi
joyi bo‘lgan Janubiy ko‘chadagi binoga
ko‘chirishdi va yangi obyekt bosmaxona
tipiga moslashtirildi.

Keyinchalik zamonaviy dizaynga ega,
chiroyli ko‘rinishdagi ilmiy risolalar,
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy almanax, jurnal ishlab chiqarish, kitob-albomlarni chop etish yo‘lga qo‘yilgan bosmaxonada uskunalar yildan-yilga yangilandi.

✅ Xususan, zamonaviy bosma uskunalaridan GTO-52-2-P, QM-46-1, QM-46-2, kesish uskunasi POLAR-92, yuqori nusxa kuchirish quvvatiga ega bo‘lgan CANON-3525, RIZO dastgohi keltirilib o‘rnatildi. Hozirgi k***a “NKMK jamg‘armasi” DM rahbariyati bilan kelishgan holda jahon andozalariga javob bera oladigan, eng so‘nggi avlod uskunalarini keltirish rejalashtirilgan. Buning natijasida sifat va ish unumdorligini oshirib,
respublikamizning boshqa viloyatlaridan
ham buyurtmalarni olish ko‘zda tutilgan.

  ➡️ O‘zbekiston konchilik sanoatida gigant korxonalardan sanalgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgandan ...
31/10/2025




➡️ O‘zbekiston konchilik sanoatida gigant korxonalardan sanalgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgandan so‘ng uning tarkibidagi tarmoqlar, jumladan ishlab chiqarish korxonalari, bo‘linmalar, s*x va yirik maydonlarning ishga tushirilishi natijasida qog‘oz mahsulotlari, yuzlab tarmoq tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar uchun zarur bo‘ladigan buxgalteriya hujjatlari, blank hamda jurnallarga ehtiyoj paydo bo‘la boshlagan.

Dastlab qo‘shni viloyatlar, Toshkent, Samarqanddan yordam tariqasida keltirilgan matbaa mahsulotlari tanqisligi ortib borgach, Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyatidan ham sotib olishga to‘g‘ri kelgan.

Ma’muriyat ushbu qiyinchiliklarni hisobga olgan holda NKMK bosmaxonasini ochishga qaror qilgan. 1965-yil oktabr oyida o‘z ishini boshlagan bosmaxona asta-sekin ishchilarni har tomondan topib, ish unumdorligini oshira boshladi.

OLTMISH YILLIK TAJRIBA – SIFAT, MAS’ULIYAT VA AN’ANALARGA SADOQAT BILANHurmatli bosmaxona jamoasi, aziz hamkasblar!Sizla...
31/10/2025

OLTMISH YILLIK TAJRIBA – SIFAT, MAS’ULIYAT VA AN’ANALARGA SADOQAT BILAN

Hurmatli bosmaxona jamoasi, aziz hamkasblar!

Sizlarni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” tasarrufidagi Bosmaxonaning 60 yilligi bilan chin dildan tabriklayman!

Insoniyat taraqqiyotining eng muhim va yagona kaliti – bu avloddan-avlodga o‘tib boradigan bilim va tajribaning to‘g‘ri, savodli tarzda uzatilishidir. Aynan yozuvning paydo bo‘lishi insoniyat sivilizatsiyasining rivojida beqiyos o‘rin tutadi. U bilim va tajribaning saqlanishi, keyingi avlodlarga uzatilishini ta’minladi.

Bugungi k***a bosmaxonalar ta’lim, tibbiyot, davlat boshqaruvi yoki sanoat korxonalari uchun zarur bo‘lgan hujjat, blank va axborot tashuvchilarini tayyorlovchi eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Turli shakl va ko‘rinishdagi bosma mahsulotlar – bu har qanday tashkilot ishining ajralmas qismidir. Ular ish samaradorligini oshiradi, tartibni saqlaydi va qulaylik yaratadi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) faoliyatida ham hujjat aylanishining aniqligi, tizimliligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega. Kombinat bo‘linmalarida turli hujjatlar ishlab chiqiladi va qayta ishlanadi, bu esa o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi. Shu sababli, NKMK tizimida alohida bosmaxona tashkil etilgan bo‘lib, u hujjatlar bilan ishlash va axborot ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarni ko‘rsatadi.

NKMK bosmaxonasi 1965-yil 25-oktabrda tashkil etilgan. Bosmaxonaning birinchi jamoasi atigi yetti kishidan iborat bo‘lgan bo‘lib, ularga o‘sha davrda Goldman David Lazerevich rahbarlik qilgan. 1966-yilga kelib, xodimlar soni 29 nafarga yetgan.

Dastlab bosmaxona 105 kvadrat metr maydonda joylashgan, uning 89 foizi ishlab chiqarish jihozlari bilan to‘ldirilgan edi. Shu davrdan boshlab, bosmaxona faoliyati doimiy ravishda kengayib, ishlab chiqarish hajmi ham oshib bordi. 1973-yilda esa bosmaxona yangi, zamonaviy binoga ko‘chirilgan va ilg‘or texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Bugungi kunga kelib, bosmaxona turli ko‘rinishdagi bosma mahsulotlar – blankalar, jurnallar, plakatlar, hujjat shakllari, reklama materiallari va boshqa turdagi nashrlarni ishlab chiqarmoqda. Har bir bosma mahsulot dizayn, sifat va texnik talablar asosida tayyorlanmoqda.

Bosmaxona xizmatlaridan nafaqat kombinatning ichki bo‘linmalari, balki boshqa korxonalar, tibbiyot muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham foydalanib kelmoqda.

Bugungi k***a bosmaxona jamoasi 30 nafar malakali mutaxassisdan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z ishining ustasi hisoblanadi. Har bir xodimning mehnati bu umumiy jamoa muvaffaqiyatining ajralmas qismi.

60 yil – bu yaqin tarix, biroq fidokorona mehnat, yangilanish va yuksalish yillari. Shu yillar davomida bosmaxona jamoasi o‘zining texnik salohiyati, jipsligi va mehnatsevarligi bilan NKMK tizimida ishonchli hamkor sifatida mustahkam o‘rin egalladi. Har bir nashr, har bir sahifa bu Jamg‘arma jamoasining mehnat faxri, korxona hayotining muhim bir bo‘lagidir.

Bugun 60 yillik yubiley bu nafaqat faxrli sana, balki mehnat, hamjihatlik, sadoqat va yangilanish ramzidir. Ishonchim komilki, sizlarning jips jamoangiz, tajribangiz va kasbga muhabbatingiz kelgusida ham jamg‘arma faoliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni ushbu qutlug‘ sana – Bosmaxonaning 60 yillik yubileyi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, bardavom ijodiy g‘ayrat, mehnat zafarlarini va oilaviy farovonlikni tilayman.

Har bir bosilgan sahifa sizlarning mehnatsevarligingiz, jamoaning sadoqati va “NKMK jamg‘armasi”ning faxrli tarixining bir bo‘lagi bo‘lib qolaversin!

Bayramingiz muborak, aziz do‘stlar!

Dilshod OCHILOV
“NKMK jamg‘armasi” direktori

 “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda Jamg‘arma...
30/10/2025



“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda Jamg‘arma tarkibidagi oshpazlar uchun tashkil etilgan maxsus malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, kurslarning nazariy mashg‘ulotlari kunning birinchi yarmida o‘tkazilib, unda oshpazlar sog‘lom va profilaktik ovqatlanish, zamonaviy texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha bilimlarini boyitmoqdalar.

🟢 Kunning ikkinchi yarmida esa Navoiy shahridagi “Yoshlar” oshxonasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar ishchi-xodimlar uchun sifatli va muvozanatli ratsion asosida taomlar tayyorlash jarayonida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

Mazkur tashabbus oshpazlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada oshirish, ovqatlanish xizmatlari sifatini yaxshilash hamda iste’molchilarga yanada samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Address

Navoi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when NKMK jamg‘armasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share